“O‘zbekiston pochtasi”da yangi rahbarlar ish boshladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 fevral kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJning ijro apparatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Rustam Dadamuhamedov “O‘zbekiston pochtasi” AJning moliya bo‘yicha direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Bunga qadar u Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Iqtisodiyot va tariflar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Shuningdek, Otaboy Rahimov “O‘zbekiston pochtasi”ning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Baxtiyor Hoshimov – pochta xavfsizligi bo‘yicha direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov O'zbekiston pochtasi

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing