Xitoydan yuboriladigan “posыlka”lar orqali virus yuqishi mumkinmi?

Olam

image

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati rahbari Anna Popova Xitoydan yuborilgan “posilka”larni qabul qilish orqali koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligini aytdi, deya xabar berdi TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan olib kelingan buyumlar orqali virus yuqtirish holati qayd etilmagan.

Ammo Popova u boshqa tadqiqotchilar taqdim etgan ma’lumotlarga tayanotganini ta’kidlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, virus 40 darajadan yuqori haroratlarda omon qolmaydi va u atrof-muhitda sust bo‘ladi.

"Ammo bu qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladi", deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxanda noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Yanvar oyida kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi turi ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Kecha, 26 yanvar kuni yovvoyi hayvonlar virusni paydo bo‘lishining manbai ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu kabi holatlar Xitoy, Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing