Toshkentda salkam 250 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 iyul 2020
11266Bugun, 25 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 293 nafarga oshib, 19 653 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 242 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 074 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi