Tina Kandelaki: “Yemelyanenko Ramzan Qodirovga kerak emas”

Sport

image

Rossiyaning “Match TV” telekanali bosh direktori Tina Kandelaki MMA sport turi bo‘yicha og‘ir vazf toifasi Aleksandr Yemelyanenkoning Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan o‘rtasidagi munosabat haqida fikr bildirdi.

“Aleksandr Yemelyanenko Rossiya MMA sporti uchun juda og‘ir sportchi. Uning mastligi, janjallari, zo‘ravonligi va aksil-ijtimoiy xulq-atvori haqidagi kuchli sarlavhalar ro‘yxatini shunchaki hisoblab bo‘lmaydi. Aleksandr o‘ziga-o‘zi dushmanlik qildi. Uning qonunbuzarligi shuni ko‘rsatadiki, tez orada u 15 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilinadi. Lekin, asosiy savol bu emas. Nima uchun Aleksandr Yemelyanenko Ramzan Qodirovga kerak? 

Menimcha, buning javobini bilaman. Aleksandr Yemelyanenkoning Ramzan Qodirov oldida mashg‘ulot o‘tkayotganiga nazar soling. Yemelyanenko Qodirov oldida hushyor, kuchli va ehtirosli ko‘rinadi. Chechenistonda Aleksandr bilan bog‘liq bo‘lgan birorta janjal haqida eshitdikmi? Albatta, yo‘q. U yerda spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlar uchun joy yo‘q. Chechenistonda faqat kurash va sport birinchi o‘rinda turadi. 

Aleksandr Yemelyanenko Ramzan Qodirovga kerak emas, balki Ramzan Qodirov Yemelyanenkoga kerak. Har safar bizning jangchimiz qo‘llab-quvvatlash haqida so‘z ochganda, uning talabi to‘laqonli bajariladi. Bu uchun u nima berish kerak bo‘lsa beradi. Hatto, Checheniston rahbari u bilan mashg‘ulot o‘tkazishni istasa, bunga rad javobini bermaydi”, deydi Rossiyaning “Match TV” telekanali bosh direktori Tina Kandelaki.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ramzan Qodirov Aleksandr Yemelyanenkoga qarshi jang qilish istagi borligini va uni oktagonga chorlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ramzan Qodirov MMA Tina Kandelaki Aleksandr Emel'yanenko

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing