20 ga yaqin shifokor koronavirusni yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Avvaliga Xitoyda tarqalgan koronavirus ayni vaqtda butun dunyoga xavf solmoqda. Jumladan, O‘zbekistonga ham. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi allaqachon kerakli choralarni ko‘rgan. Ayni vaqtda O‘zbekistonda bu kasallikka chalinganlar mavjud emas. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni o‘tgan Matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedov. 

Matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutasaddilari ishtirok etgan. 

Anjumanda, avvalo, Xitoy Xalq Respublikasi Uxan shahrida yuzaga kelgan koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzasidan batafsil ma’lumot berilgan. Bugun, 23 yanvar tonggi holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 571 holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan. Shuningdek, kasallik Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda aniqlangan. Uxan shahrida o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, ayrim kasallangan bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan. 

"Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan. Koronavirus infeksiyasining asosan hayvonlardan  yuqishi taxmin qilingan edi. Bugungi kunda esa ushbu kasallikning odamdan odamga yuqishi ma’lum bo‘lgan va 20 nafarga yaqin tibbiyot xodimi ham mazkur xastalikni yuqtirib olgan", deyiladi SSV tomonidan tayyorlangan axborotnomada.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi koronavirus

Baholaganlar

2181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made