Shimoliy Koreyada koronavirus yuqtirgan bemor otib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

Olam

image

Koronavirusning tarqalishini oldini oladigan chora sifatida Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen In mamlakatdagi birinchi bemorni qatl qilishni buyurgan bo‘lishi mumkin.

O‘zini Xitoy ishlari bo‘yicha tahlilchi deb ataydigan noma’lum ijtimoiy media sharhlovchisi “Sekret Pekin”ga ko‘ra, bemor otib o‘ldirilgan. Ushbu xabar yuzasidan hali ham o‘rganishlar olib borilmoqda va Shimoliy Koreya tomonidan o‘limga hukm qilingan bemor haqidagi xabarning tafsilotlari to‘liq emas.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 48 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing