Turk klubining sobiq futbolchisi otib o‘ldirildi

Sport

image

Avstriya terma jamoasi sobiq futbolchisi Volkan Qahramon Venada otib o‘ldirildi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qahramon biznesdagi sobiq sherigi bilan janjallashib qolgan. Jahl ustida Qahramonning sherigi avval futbolchini keyin o‘zini otib o‘ldirgan. 

Qahramon futbolda “ko‘chmanchi” sifatida tanilgan, u 1998 yildan 2014 yilgacha faoliyati davomida ko‘plab klublarda o‘ynagan. Futbolchi Avstriyaning “Vena” va “Zalsburg”, shuningdek, Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasida ham to‘p surgan. 

Ma’lumot uchun, Volkan Qahramon 1979 yilda Venada tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlab uncha nomdor bo‘lmagan klublarda murabbiy bo‘lib ishlagan. Qahramon Avstriya terma jamoasida 3 ta o‘yin o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vena Qahramon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing