O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 nafarga oshib, 7087 (+97) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari xorijdan kelib, Karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida aniqlangan. 26 nafari Toshkent shahrida (shundan 19 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasida), qolgan 1 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4724 (+39) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made