Tunisdagi terakt bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Olam

image

Tunisdagi AQSH elchixonasida xudkush-terrorchi tomonidan uyushtirilgan terakt oqibatida xavfsizlik organi xodimlarining 5 nafari jarohatlandi. Bu haqda “Mosaique FM” xabar bermoqda.

Terrorchi elchixona yonida mototsiklida yo‘lma-yo‘l xavfsizlik kuchlariga hujum qilgan va o‘zining “xudkush kamari”ni ishga solgan.

"Buxeyra tumanidagi AQSH elchixonasida sodir etilgan terakt oqibatida besh nafar xavfsizlik xizmati xodimi turli darajadagi tan jarohati oldi", deb xabar beradi radiostansiya o‘z manbalariga tayanib. Qurollangan shaxsning o‘zi portlash natijasida voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Tunisda favqulodda holat 2015 yildan beri amal qilmoqda. 2015 yil iyun oyida Tunisning Sousse viloyatidagi El-Kantaui kurortida sodir etilgan teraktda 40 kishi halok bo‘lgan edi. Poytaxtdagi Bardo milliy muzeyi ham hujumga uchragandi. 2015 yil noyabr oyida esa mamlakat poytaxtida xudkush-terrorchi prezident qo‘riqchilari xodimlariga hujum qildi.

2015 yildagi qator teraktlardan so‘ng Tunis hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu, o‘z navbatida, Shimoliy Afrikaning ushbu mamlakatiga chet ellik sayyohlar oqimini tiklashga imkon berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tunis

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made