Surxondaryo viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 19 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. 

Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, Surxondaryo viloyati hokim To‘ra Bobolov ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi yig‘ilishida Ro‘zimurat Kungratovich Choriyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Shu kungacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Chori Rahmonovich Begimqulov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Chori Rahmonovich Begimqulov 1974 yilning 10 oktyabrida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2017 yilda TDAU Termiz filiali direktori etib tayinlangunga qadar Toshkent davlat agrar universitetida samarali faoliyat yuritgan.

Shuningdek, shu kungacha Qumqo‘rg‘on tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Xolmamat Jo‘rayevich Samatov viloyat hokimining  qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xolmamat Jo‘rayevich Samatov 1965 yilning 25 avgustida Denov tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti, 1993 yilda Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan. 2019 yilning 27 fevralida Qumqo‘rg‘on tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi tizimida, viloyat hokimligida turli vazifalarda, 2009-2016 yillarda Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing