Qashqadaryoda 2 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 27 may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 2 yoshli bolaning o‘limi yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Haydovchi 22 yoshli N.T. soat 9:00 da boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasida Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan S.M. tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing