KXDR Yapon dengiziga qarata qanotli raketalarini uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata bir nechta raketa uchirdi. Bu haqda Respublika boshliqlar shtabi ma’lumotiga asoslanib, “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, uchirilgan raketalar qanotli bo‘lib, yaqin masofaga mo‘ljallangan.

KXDR tomonidan joriy yilning 29 mart kuni ham Yapon dengizi tomoniga raketalar uchirilgan edi.

O‘z navbatida, Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari Shimolning bu amaliyotiga qarshi munosabat bildirdi. Hatto yapon harbiy-dengiz kuchlari tomonidan ham javob qaytarildi.

2019 yil KXDRda 13 ta raketa sinovi o‘tkazilib, ular davomida 24 ta qisqa masofali ballistik raketalar uchirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing