Tojikistonda kuydirgi kasalligi qayd etildi 

Salomatlik

image

Tojikiston aholisi orasida kuydirgi kasalligi aniqlandi. Bu haqda "AsiaPlus" nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yil yakunida kuydirgi bilan kasallanganlar soni 80 nafarga yetgan va yildan yilga ularning soni ortib bormoqda.

“Kasallikning ko‘payishiga uy hayvonlarini emlanmasligi sabab bo‘lmoqda”, deyiladi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri bayonotida.

Ma’lumot uchun, kuydirgi odamga kasal hayvonlardan — hayvonni so‘yish, go‘shtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorvachilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, ya’ni hayvonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan kishilarda ko‘proq kuzatiladi.
Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 14 kungacha, o‘rtacha 2-3 kun davom etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, kasallik avvalida teriga tushgan kuydirgi tayoqchasi dastlab terida qichishish va qizil dog‘ hosil qiladi. Dog‘ tugunchaga aylanib, bir necha soat ichida pufakcha hosil bo‘ladi. Doimiy qichishish oqibatida pufakcha yorilib, ichidan suyuqlik ajraladi. Sachragan suyuqlikdan yangi pufakchalar paydo bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda O‘zbekistonda ushbu kasallikdan ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan va bu haqda BBC xabar bergandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing