Pandemiya tabiatning bizga bergan keskin javobi – Rim Papasi

Olam

image

Rim Papasi Fransisk koronavirus pandemiyasini odamlarning ekologik inqirozni e’tiborsiz qoldirganiga qarshi javob choralaridan biri deb hisoblaydi. Bu haqda, “Rambler” xabar berdi.

“Biz ofatlardan xulosa chiqarmadik. Hozir Avstraliyadagi yong‘inlar haqida kim xavotir bilan gapiryapti yoki 18 oy oldin barcha muzliklar erib ketganligi sababli qayiqlar Shimoliy qutbni kesib o‘tishi mumkinligi haqida o‘ylaydimi? Hozir toshqinlar haqida kim gapiryapti?”, deydi Papa.

Fransiskning fikricha, koronavirusning tarqalishi odamlarning tabiatga mas’uliyatsiz munosabati tufayli ro‘y bergan.

“Bu tabiatning qasosi bo‘lganmi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin bu tabiatning bizga keskin javobidir”, deydi Vatikan rahbari.

U, shuningdek, ba’zi davlat rahbarlarining 1933 yildagi Gitlerning nutqlarini eslatadigan populistik bayonotlaridan xavotirda ekanini bildirdi. Uning fikricha, ushbu rahbarlar ikkiyuzlamachidir.

“Dunyo inqirozga yuz tutishi mumkinligi va ochlik muammosi haqida gapirayotgan, ammo shu bilan birga qurol ishlab chiqarishni yildan yilga oshirayotgan ba’zi ikkiyuzlamachi siyosatchilar meni xavotirga solmoqda” deydi Fransisk.

Papaning fikriga ko‘ra, dunyo ishlab chiqarish va iste’mol sur’atlarini pasaytirishi va tabiatni tushunishni o‘rganishi kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq 1 484 811 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 329 876 nafari sog‘aygan. 88 538 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Rim Papasi

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing