Rasman: Rossiyada qariyb 900 harbiy koronavirus yuqtirib oldi

Olam

image
“Elba ruhi”: Putin va Tramp 75 yillik yubiley munosabati bilan qo‘shma bayonot berdi north_east

“Elba ruhi”: Putin va Tramp 75 yillik yubiley munosabati bilan qo‘shma bayonot berdi

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari tarkibida faoliyat yuritayotgan harbiylarning qariyb 900 nafarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mart oyidan 26 aprelga qadar o‘tkazilgan test natijalari 874 askar ushbu virusni yuqtirib olganini tasdiqlagan. 

Rasmiy xabarda aytilishicha, bemor-askarlarning 314 nafari Mudofaa vazirligi shifoxonalarida, 175 navbatchilik punktidagi izolyatsiya markazlarida va olti kishi sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiy muassasalarda davolanmoqda. Yana 379 kishi o‘z uyida izolyatsiya qilingan. 

To‘rt askarning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Ulardan biri sun’iy nafas olish moslamasiga ulangan. 15 kishining ahvoli esa o‘rtacha og‘irlikda. Qolganlarda kasallik asoratlarsiz kechmoqda. 

Shuningdek, hujjatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida har kuni Mudofaa vazirligining barcha harbiy bo‘linmalari va tashkilotlarida shaxsiy tarkibni profilaktik diagnostika qilish, transport vositalarini, ofis va uy-joy binolarini, mol-mulkni zararsizlantirish ishlari olib borilayotgani aytiladi. 5554 statsionar termometr tekshiruv punktlari joylashtirilgan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining barcha shaxsiy tarkibi a’zolari tana haroratini o‘lchash bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 80 949 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 747 nafari vafot etgan, 6 767 nafari sog‘aygan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing