G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 4 may kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida halokatli yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
 
Voqea shu kuni 21:20 larda tumanning Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘ldi. 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. o‘zi boshqarayotgan Lacetti avtomobilini yo‘l chetida to‘xtab turgan “Yo‘l qurilish unitar” korxonasiga tegishli asfalt yotqizish mashinasiga borib uradi.

Oqibatda A.S. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi, 1986 yilda tug‘ilgan A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH G'uzor

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing