Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining filiali tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan Filial huzurida akademik litsey tashkil etildi.

Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji – Filialga, Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosi akademik litseyga berildi.

Mazkur kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial va akademik litsey binolarida o‘qishni davom ettiradilar.

Filial va akademik litsey onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlanadi, shuningdek, ularni yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralari ko‘riladi.


Maqola muallifi

Teglar

irrigatsiya filial institut

Baholaganlar

21

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing