“Ozodlik yoki o‘lim“. AQSHda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Olam

image

AQSHning bir qator shaharlarida karantin choralarini bekor qilish talabi bilan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilarning ba’zilari koronavirusga tegishli raqamlarga ishonmasligini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, kecha, 18 aprel kuni yuzlab odamlar Texas, Nyu-Xempshir va Merilend shtatlaridagi shahar ko‘chalariga namoyish bilan chiqdi. Ular o‘z-o‘zini izolatsiya qilish rejimidan norozi. Namoyishchilarning fikricha, ushbu karantin mamlakat iqtisodiyotini ishdan chiqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Xempshir shtatidagi Konkord shahrida 400 ga yaqin mahalliy aholi ko‘chalarga chiqdi. Ba’zi ishtirokchilar “Raqamlar yolg‘on“ yoki “Ozodlik yoki o‘lim“ so‘zlari yozilgan plakatlarni ushlab turishgan.

Namoyishchilarning ba’zilari qurollanib, yuzlarini yashirishgan. Bundan tashqari, shunga o‘xshash norozilik namoyishlari shu hafta Michigan, Merilend, Ogayo, Kentukki, Minnesota, Shimoliy Karolina va Yuta shtatlarida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp ba’zi shtatlarda cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 734 969 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 66 061 nafari sog‘aygan, 38 903 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 629 465 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

651

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing