Video: Si Szinpin Putinning bir hadyasiga ikkita bilan javob qaytardi

Olam

Bugun, 26 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi va yakunda ular sovg‘a almashishdi.

Ishchi nonushtadan keyin Putin Si Szinpinga 1956 yilda rassom Isaak Grinshteyn qalamiga mansub “Rossiya-Xitoy hamkorligi” plakatini sovg‘a qildi.

Plakatda SSSR va Xitoy bayroqlari fonida bir-birini qutlayotgan ikki mamlakat ishchilari tasvirlangan.

O‘z navbatida, Si Szinpin Rossiya Prezidentiga Pekindagi “Do‘stlik” mehmonxonasining kumush idishlar to‘plamini sovg‘a qildi. “Do‘stlik” mehmonxonasi 65 yil avval ikki davlatning yaqin aloqalari sharafiga qurilgan.

Bundan tashqari, Putin Si Szinpindan “Buyuk Ipak yo‘lidagi afsonaviy tulpor” haykalchasining sopol nusxasini ham qabul qilib oldi. Uning asli Pekindagi Xitoy Milliy muzeyida saqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin'pin

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made