Diqqat! FVV sel xavfidan ogohlantiradi
Jamiyat
−
26 mart 2019
5789O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, 2019 yilning 27-30 mart kunlari Respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
“Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi axborotda.
Ma’lumot uchun, 27 martdan boshlab bir necha kun davomida O‘zbekiston hududida kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
LiveBarchasi