Toshkentda yana issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Jamiyat

image

Bahorning aprel-may oylarida Toshkent shahrida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" xabar berdi.

Qayd etilishicha, bahorda kompaniya tomonidan bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ularni qozonxonalarni to‘xtatmasdan turib bajarishning imkoni yo‘q.

Veolia Energy Tashkent mahalliy qozonxonalari faoliyati to‘xtatilish davomiyligi ikki kun bo‘lib, bu 1 apreldan 31 maygacha amalga oshiriladi. 

"Biz ta’mirlash va profilaktika ishlarini, jumladan, klapanlarni almashtirish, tarmoq nasoslarini to‘liq tekshirish hamda almashtirish, elektr ta’minoti tizimlarini tekshirish, qozonxonalarning quvurlari va tegishli jihozlarini demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, issiqlik almashtirgichlarda profilaktik ishlarni amalga oshiramiz", deyiladi xabarda.

Issiq suv ta’minoti o‘chadigan manzillar bilan quyidagi havola https://telegra.ph/Tamirlash-ishlarini-bajarish-uchun-mahalliy-qozonxonalarning-rejalashtirilgan-bahorgi-toxtatilishi-03-30 orqali tanishish mumkin.

Issiq suv ta’minoti o‘chiriladigan ikkinchi muddatda barcha 3 ta issiqlik ishlab chiqaruvchi korxona (“Toshkent Issiqlik markazi”, “Toshkent issiqlik elektr markazi”, Veolia Energy Tashkent)ning markaziy qozonxonalari faoliyati to‘xtatiladi:

Davomiyligi – 4 kun;
davr – 15 apreldan 31 maygacha.

Ushbu davr mobaynida Toshkent shahridagi issiq suv ta’minoti tizimini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiriladi. Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xodimlari kelgusidagi isitish mavsumida yanada samarali va ishonchli issiqlik ta’minotini yetkazib berish maqsadida eskirgan kommunikatsiyalarni almashtirib, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qiladi. O‘chirish jadvali keyinroq e’lon qilinishi aytilgan. 

Veolia Energy Tashkent MCHJ XK yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 29 mart kuni Toshkentning ayrim hududlarida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish uchun issiq suv ta’minoti bir kunga o‘chirilishi haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made