AQSHdagi shifoxonaga bomba olib kirmoqchi bo‘lishdi

Olam

image

Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi 33 yoshli Robert Roden Stoni-Bruk universitetidagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga qo‘lbola bomba bilan kirishga urindi. Bu haqda Saffolk okrugi politsiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa 9 iyun kuni sodir bo‘lgan. Erkak bombani ryukzagi ichida olib yurgan. Shifoxonaga kirishga urinayotganda uni xavfsizlik xodimlari to‘xtatdi. Tintuv paytida Rodenning yonida shubhali dastak topildi. Shundan so‘ng, shifoxonaning ikki qavati zudlik bilan evakuatsiya qilindi.

Keyinchalik huquq-tartibot idoralari erkakning uyidan yana uchta qo‘lbola portlatish moslamasi va qo‘shimcha bomba topdi. Hozirda topilgan narsalarning barchasi FQB qo‘lida.

Roden allaqachon to‘rt punkt bilan ayblanib, hibsga olingan. Mahbus nega bu ishni qilmoqchi bo‘lgani sabablari oshkor etilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made