Toshkentda Tracker katta tezlikda “garmoshka” avtobusga kelib urildi

3-sahifa

image

Bugun, 29 fevral kuni Toshkent shahrida King Long rusumli avtobus va Tracker avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 06:45 larda 63-sonli yo‘nalishdagi King Long rusumli avtobus ASHB tomon harakatlanayotgan vaqtda Mirzo Ulug‘bek tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi chorraxasidan qayrilib olish vaqtida unga qarama-qarshi yo‘nalishdan Tracker kelib urilgan. 

Yengil avtomobil yuqori — 197 kilometr/soat tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. U avtobus o‘rta shina qismiga kelib urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Tracker haydovchisi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent avtobus Tracker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing