Qozog‘istonda “Humo 2” peshqadamni mag‘lub etdi

Sport

image

Qozog‘iston chempionatida ishtirok etayotgan Toshkentning "Humo 2" jamoasi biroz kutilmagan g‘alabaga erishdi.
"Humo"ning asosan ikkinchi tarkib jamoasi bundan bir necha daqiqa avval yakuniga yetgan uchrashuvda Qozog‘istonning "Arlan" klubini overtaymda kiritilgan oltin shayba evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Gol muallifi Kirill Zubkovskiy bo‘ldi. 

"Humo 2"ning birinchi goliga 5-daqiqada Maksim Bostanjiyev mualliflik qilgandi. Mehmonlardan yagona gol 20-daqiqada Dmitriy Shitikov tomonidan kiritildi. 

Bugungi uchrashuvdan so‘ng "Arlan" 47 ochko bilan hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Almati" hisobida 38 ochko bor. "Humo 2" esa 18 ochko bilan 8-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istonda Humo-2 peshqadamni mag'lub etdi

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing