Toshkentda para-atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi

Sport

image

Bugun, 21 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishiga qaramasdan poytaxt Toshkentda para-atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. Ushbu musobaqa kelasi yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini boshlab berishi bilan ahamiyatli. 

Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar terma jamoa tarkibiga jalb qilinib, oldinda turgan musobaqalarga, xususan, Tokio Olimpiadasiga hozirlik ko‘rishadi. Shu bois ham Respublikaning barcha viloyatlaridan kelgan para-atletlar unda bor kuchini namoyish etishadi. Garchi poytaxtda musobaqalar uchun noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramasdan, ishtirokchilar o‘zlarining metin irodasi va g‘ayratini yana bir bor namoyon qilishmoqda. 

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, OAV xodimlari va estrada yulduzlari ishtirok etdi. Bugun balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 100 va 200 metrlarga yugurish bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

para-atletika

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar