ISHIDni moliyalashtirgan katta guruh fosh qilindi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada ISHID terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgan 30 kishidan iborat guruh fosh qilindi. Mablag‘ yig‘ishni “Gorbushka” savdo markazi sotuvchisi Olim Begiyev tashkil qilgan. Bu haqda "Kommersant" xabar berdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining aniqlashicha, Olim Begiyev va uning atrofidagilarga har oy o‘nlab insonlardan pul kelib turgan. Ularning orasida Moskvada taksi haydovchi bo‘lib shishlagan chechenistonlik, Moskva viloyatidan bo‘lgan qirg‘iz va tojik tillari tarjimoni hamda Qirg‘iziston, Tojikiston fuqarolari, shuningdek, qurilishda ishlovchi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Moskvada to‘plangan pullar ikki yo‘l bilan ISHIDga yetkazilgan. Ba’zida pullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri poytaxtdan jangarilar yoki ularning qarindoshlari hisobiga o‘tkazilgan. Ammo ko‘pincha pullarning izini ta’qib etish qiyinlashishi uchun yig‘ilgan mablag‘ Dog‘iston yoki Kabardin-Balkariya Respublikasiga (Rossiya tarkibida) olib borilgan. U yerdan terrorchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan hisoblarga tarqatilgan.

Olim Begiyev qo‘lga olingach, uning sheriklari Moskvadan ketib, Shimoliy Kavkaz respublikalarida yashirinishga harakat qilgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchisi “Rosgvardiya” maxsus bo‘linmasi bilan ularning ortidan ketgan. Hozircha mazkur ish bo‘yicha 9 kishi qo‘lga olingan. Ularnig ko‘pi o‘z aybini tan olgan.

Olim Begiyev esa terrorchilikka aloqadorligini inkor qilyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

IShID terrorchilik tashkiloti Rossiya Tergov qo'mitasi

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing