Toshkentda hokimlik ayollarga bayramona kayfiyat ulashmoqda
Jamiyat
−
07 mart 2019
7452Toshkent shahrining “Xalqlar Do‘stligi” maydonida bugun tongdan bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizning xotin-qizlari uchun kelayotgan bayram munosabati bilan bugungi kunni chiroyli gullar, xush tabassum va ezgu tilaklar bilan kutib olishlarini, bir so‘z bilan aytganda, kunni bayramona o‘tkazishlari uchun o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar xokimligi aynan “Xalqlar Do‘stligi” maydonidan o‘tib ishga shoshayotgan muhtarama ayollar, munis opa-singillarimizni gullar bilan qarshi olishib, ularga 8 raqami aks etgan ko‘krak nishoni taqdim etgan holda, ezgu so‘zlardan iborat bayram tilaklarini bildirilishib, xotin- qizlarimiz uchun tom ma’noda bayram kayfiyatini hadya etmoqda.
Mehribon, kuyunchak, oqila, mushtipar, sevimli va go‘zal ayollarimiz har doim shunchalik ko‘p va xo‘p madh etishga arziydi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023