Toshkentda xotini va qizini garovga olgan erkak 10 yilga qamaldi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentda ayol va qizini garovga olib, ularni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak 10 yilga qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Aytilishicha, mazkur holat Toshkentning Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. 1979 yilda tug‘ilgan erkak xotini bilan doimiy ravishda janjallashib kelgan. 

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, eri undan doimo pul talab qilgan. Agar bermasa, janjal qilib, xotinining bo‘ynidan bo‘g‘gan.

“Mast holatda kelib, eshiklarni tepdi, boshimni devorga urdi. O‘zimni himoya qilmoqchi bo‘lganimda u qo‘limni kesdi”, deydi jabrlanuvchi ayol.

Shundan so‘ng ayol IIBga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlarining harakatlari natijasida ayol va qizining hayoti saqlab qolingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida erkakka nisbatan sud hukmi o‘qilgan. Sudda ayblanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan afsusdaligini bildirgan.

“Aybimni tan olaman. Bu ishni qo‘rqitish uchun qilgandim. Bolalarimiz ikki xil toifaga ajralib qolgan. Birinchi farzandim boshqa otadan, ikkinchisi mendan bo‘lgan. Menda uy yo‘q ichkuyovman. Ayolimdan uzr so‘rayman”, deydi u.

Erkak Jinoyat kodeksining 245-moddasi (shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish) “a” va “b” bandlari bilan aybdor deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirobod garov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing