Aziz Abduhakimov Senatga hisob berdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasining "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlt dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotni Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘qib eshittirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida Dasturning 139 bandi ijrosini ta’minlash belgilangan. Shundan 101 bandning ijrosi ta’minlangan va 22 band muddatidan oldin bajarildi. Hozirgi kund 123 ta bandning ijrosi ta’minlangan.

Investitsiyaviy muhitni takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli amaliy ishlarga qaramay hududlarda investitsiyaviy faoliyatni yaxshilash borasida jiddiy kamchilik va muammolar mavjud.

Jumladan, qonun hujjatlarining barqaror emasligi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tez-tez o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi, bir-biriga zid bo‘layotgan normalar mavjudligi xorijiy sarmoyadorlar va ichki investorlarga salbiy ta’sir qilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Investitsiyaviy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun kreditlar olish jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklarida resurslarning yetishmasligi, foiz stavkalarining yuqoriligi, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi, o‘z navbatida, tadbirkorlarning eksport majburiyatlarini bajarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Oqibatda joriy yilning birinchi yarim yilligida Dasturda ko‘zda tutilgan investitsiyaviy loyihalar soni 9 ming 88 ta bo‘lib, ularning umumiy qiymati 60,3 trillion so‘mni tashkil etadi, yaratilishi ko‘zda tutilgan ish o‘rinlari esa 172 ming 488 ta edi. Biroq, birinchi yarim yillikda jami 3 ming 332 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 13,6 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, bor-yo‘g‘i 38 ming 252 ish o‘rni yaratilgan.

Senatda Vazirlar Mahkamasiga investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Senat Davlt dasturi

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing