Norboyeva yana AQSHda! U Xalqaro anjumanda so‘zga chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasi doirasida bugun, 24 sentyabr kuni  bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar uchun mehnat sohasidagi kelajak: yoshlar bandligini targ‘ib qilish bo‘yicha strategik hamkorlik” deb nomlangan yuqori darajadagi kengash ishida ishtirok etdi. 

Tanzila Norboyeva “Davlat-xususiy sheriklik yoshlar bandligi dasturlarini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkin? Bunda hukumat, xodimlar va ish beruvchilarning o‘rni qanday?” mavzusida ma’ruza bilan so‘zga chiqdi. 

Xalqaro forumda so‘zga chiqqan Senat rahbari bugun O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi doirasida hayotning barcha sohalarida keng ko‘lamli yangilanishlar va islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

Norboyeva o‘z nutqida barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni oshirish bilan birga yangi doimiy ish o‘rinlari tashkil etish, aholining, birinchi navbatda ayollar va yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish O‘zbekiston uchun ustuvor maqsadlar bo‘lib qolayotganiga urg‘u bergan. 

O‘z nutqida Senat Raisi O‘zbekistonda bandlik sohasida xalqaro hamkorlik qilish masalasiga batafsil to‘xtaldi, shuningdek mehnat va bandlik sohasida qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish natijalari haqida so‘zladi. 

O‘zbekiston delegatsiyasining Nyu-Yorkka tashrifi davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing