Endi tovuq, quyon va baliq mahsulotlari eksporti uchun Prezident va Hukumat ruxsati talab etilmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga qaror ilovasidagi ro‘yxatga muvofiq mahsulotlarni eksport qilishda temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi joriy qilindi;

Belgilanishicha, ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash chorasi qo‘shni davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida hisobot davri yakuni bo‘yicha tayyor mahsulot eksporti ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga ularning arizalariga ko‘ra eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, butlovchi buyumlar va materiallar importida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda eksport qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish imkoniyatini berish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

2019 yil 1 iyundan boshlab tirik holdagi tovuq, quyon va baliq hamda ularni so‘yib ishlangan mahsulotlar eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi!

2019 yil 1 avgustga qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va Agentlik mablag‘lari hisobidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining interaktiv shaklda taqdim etilishini, shuningdek, davlat tili, rus tili va boshqa xorijiy tillarda batafsil ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan, elektron savdo maydonchalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali ishga tushiriladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining Axborot xizmati ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat bojxona qo'mitasi

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made