Tezkor xabar: O‘zbek bokschilaridan ikkinchi oltin medal!

Sport

image

Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom ettirilmoqda.

Hozirgina O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi ishtirokidagi ikkinchi final ham yakunlandi. Unda yana bir o‘zbek bokschisi Mirazizbek Mirzahalilov ham boshqa bir Hindiston vakili Kavinder Singx Bishtga qarshi ringga ko‘tariladi.

-56 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahsda O‘zbekiston charm qo‘lqop ustasi o‘z raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz biroz oldin o‘zbekistonlik Nodirjon Mirzahmedov va hindistonlik  Dipak ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing