O‘quvchi matematiklar xalqaro olimpiadadan 12 medal bilan qaytishdi

Jamiyat

image

Shu kunlarda Singapurda maktab o‘quvchilari o‘rtasida Singapore International Math Olympiad Challenge (SIMOC) xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazildi. Bu haqda XTV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu Xalqaro matematika olimpiadasida Bolgariya, Vetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Kamboja, Xitoy, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, AQSH, Tailand, O‘zbekiston va Filippin mamlakatlaridan mingdan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.

Mazkur olimpiadada Toshkent shahrining “Lider” va “Genesis” hamda 50-, 159-, 71-maktablaridan 24 nafar o‘quvchi qatnashdi. 

Tanlovning saralash bosqichlarida ishtirokchilar matematik muammo va jumboqlarni yechishdi. Olimpiadaning final bosqichida  g‘oliblar aniqlandi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz vakillariga bitta oltin (S.Hojjaboeva), beshta kumush (N.Ahmadxodjaev, A.Aripov, R.Halperin, B.Zakirov, A.egamberdiev) va oltita bronza (S.Rahmatullaeva, A.Aripov , N.Kan, Sh.Husnulin, V.Galperin, M.Rahmonberdiyev) medallari topshirildi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston, Vetnam, Kamboja, Tailand va boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbar hamda vakillari ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

xalqaro matematika olimpiadasi

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar