Ozarbayjonlik deputat O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyida Ozarbayjon Respublikasi parlamenti deputati Ganira Pashayevaning she’rlar kitobi O‘zbekistonda chop etilgani haqida xabar bergan edik. 23 sentyabr kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida ushbu kitob taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda Ganira Pashayevaning o‘zi ham ishtirok etadi. 

Pashayeva 22 sentyabr kuni O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurib, Samarqand va Buxoro shaharlari, bu zamindan o‘tgan ulug‘ avliyolar haqida mahalliy matbuot va TVda chiqishlar qilgan.

Deputatning kitobi “Eshikni och" deb nomlanadi. U Xosiyat Rustamova tarjimasi asosida nashr etildi.

Ganira Pashayeva 2005 yildan buyon Ozarbayjon Parlamenti a’zosi. U 1975 yilda Tovuz rayonida tavallud topgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. Qolaversa, huquqshunos sifatida ham ta’lim olgan. U faoliyatini 1998 yil ANS telekanalida muxbir o‘laroq boshlagan.

Ganira Pashayeva turk tilida ham she’rlar yozadi. Uning turk tilidagi ikki kitobi Turkiyada nashr etilgan. U Turkiyada ham taniqli siyosatchi sifatida tilga olinadi.

Deputat taqdimotdan so‘ng Farg‘ona vodiysiga jo‘nab ketadi. 26 sentyabrga qadar vodiy shaharlarida bo‘lib, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ganira Pashaeva

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made