Lexus va Toyota Wish to‘qnashuvida ayol vafot etdi

Olam

image

Kecha, 14 sentyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning Jibek yo‘li va Orozbekov ko‘chalari chorrahasida avtohalokat yuz berdi, natijada ayol kishi  vafot etdi, deya yozmoqda “Kaktus Media”.

Avtohalokat taxminan soat 6:00 larda sodir bo‘lgani ma’lum. Lexus rusumli avtomashinaning haydovchisi Jibek Jolu prospektidan sharq tomonga qarab, Orozbekov ko‘chasi bilan kesishgan joyda Toyota Wish avtomobili bilan to‘qnashdi. Bu paytda Toyota Wish haydovchisi Orozbekov ko‘chasi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda ketayotgan edi. 

To‘qnashuvdan so‘ng, mashina ag‘darilib, yo‘l chetiga chiqib qolgan. Avtohalokat natijasida Toyota Wish ichidagi yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etgan. Lexus haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashdi chetiga

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar