Toshkentda 1 kishi kanalizatsiya chuquriga tushib ketdi (foto)

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda kanalizatsiya chuquri o‘pirilishi oqibatida bir kishi tuproq ostida qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, hodisa kecha, 9 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yuz bergan. Soat 19:13 larda uy egalari tomonidan kanalizatsiya quvurini ta’mirlash maqsadida qazilgan chuqurning o‘pirilishi hamda bir fuqaroning tuproq ostida qolib ketgani bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga ko‘ra, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kanalizatsiya chuqur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing