Moskvada karantin joriy qilindi

Jamiyat

image

Rossiyaning Moskva shahri va Moskva viloyatida bugun, 30 martdan boshlab barcha aholi uchun o‘zini izolyatsiya qilish majburiy rejimi joriy qilindi. Uyni ba’zi holatdagina tark etishga ruxsat berildi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. 

Uyni shoshilinch tibbiy yordam zarurligida yoki hayot va sog‘liqqa boshqa xavflar mavjudligida tark etishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, ish joyida bo‘lishi kerak bo‘lgan kishilarga ishiga borishga ruxsat berildi. Xaridni yaqin atrofdagi do‘konda yoki dorixonada amalga oshirishga, yashash joyidan 100 metrdan uzoq bo‘lmagan joyda uy hayvonlarini sayr qildirishga hamda maishiy chiqindilarni olib chiqishga ruxsat berildi.

Tez kunlarda ko‘chaga faqatgina maxsus ruxsatnoma bilan chiqiladigan tartib o‘rnatiladi. U Moskva hukumati tomonidan belgilangan tartibda beriladi. 

Yangi qoidalar shaxsiy va xizmat, maxsus va jamoat transporti harakatlanishini cheklamaydi. Odamlarning shaharga kelishi va ketishi ham taqiqlanmaydi.

Bundan tashqari, Moskva meri barcha ishsizlarga kompensatsiya to‘lashga ko‘rsatma bergan. Nafaqaning umumiy qiymati oyiga 19,5 ming rublni tashkil qiladi. 

Shunday choralar Moskva oblastida ham kiritilgan. Aholiga uylarini zaruratsiz tark etmaslik, ko‘chada, transportda, do‘konlarda va boshqa jamoat joylarida boshqa odamlardan 1,5 metrdan kam bo‘lmagan masofani saqlash buyurilgan. Do‘konlar, dorixonalar va boshqa muassasalar odamlar orasida masofa saqlanishini ta’minlashlari lozim bo‘ladi. 

Oblastning band bo‘lmagan aholisi 1 apreldan oyiga 15 ming rubldan kompensatsiya oladi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 1584 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 8 nafari vafot etgan va 64 nafari davolangan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing