Zulm qurboni Aylanning vafotiga 5 yil to‘ldi

Olam

image

O‘rtayer dengizi orqali Gretsiyaga o‘tib ketmoqchi bo‘lgan suriyalik qochoq oila halokatga uchragani, oilaning 3 yashar farzandi Aylanning jasadi Turkiyaning Bodrum yaqinidagi qirg‘oqdan topilganiga besh yil to‘ldi. Ushbu voqea 2015 yilning 2 sentyabr kuni yuz bergandi. 

To‘lqinlar jasadni qirg‘oqqa olib chiqqan. Bolakayning jonsiz tanasi tasvirlangan suratlar tarqalib, bu mash’um voqea butun dunyo e’tiborini tortgan edi.

Ushbu surat Aylan Kurdi kabi Suriyadagi urushdan qochgan oilalar, boshqa mamlakat ostonasiga bosh urgan, ammo yopiq eshiklar ortida zor yig‘lab qolgan bolalar, zulm va manfaatlar to‘qnashuvi qurbonlari va O‘rta yer dengizidagi migratsiya inqirozining ramziga aylandi. 

Bugun Turkiyaning Fenerburnu sohilida suriyalik qochoqlar va turkiyalik fuqarolar to‘planib, Aylan Kurdi va boshqa yuzlab qochqinlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Unda Amsterdamdan Turkiyaga konsert dasturi bilan kelgan taniqli pianinochi va aranjirovkachi Karsu Donmez ham ishtirok etdi.

OAVga bergan intervyusida musiqachi, bolaning o‘limi har qanday ota-ona hayotidagi eng buyuk drama ekanini aytadi. "Hech bir bola bunday taqdirga loyiq emas", deydi Donmez. 

“Suriyalik oilalar yaxshiroq hayot umidida o‘limdan qochib ketishdi. Ular o‘zlari uchun emas, balki bolalari uchun yo‘lga chiqishgan. Suriyalik bolaning fotosuratini ko‘rganimdan keyin bir necha kun o‘zimga kela olmadim. Agar men hech bo‘lmaganda Aylan singari bolaning hayotini o‘zgartira olsam,  cheksiz baxtli bo‘laman”, deydi u. 

Aylan Kurdining fojiaviy o‘limidan 4 yil o‘tib, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti assambleyasining 74-sammitiga uning suratini olib chiqqandi

U qo‘lida Aylanning suratini tutib shunday degan edi: 

“Siz bu suratda ko‘rib turgan bolakay – Aylanni dunyo juda tez unutdi. Unutmangki, ayni hol sizning ham boshingizga tushishi mumkin. Chunki, Aylan kabi bolalar bitta emas, minglab, millionlab topiladi. Biz esa bunday voqealarga qarshi chora-tadbirlarni hozirdanoq olishimiz kerak”


Maqola muallifi

Teglar

Aylan Kurdi

Baholaganlar

1698

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar