Xitoyda koronavirus qurbonlari soni keskin oshdi

Olam

image

Xitoyda paydo bo‘lgan COVID-19 virusi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishamiz. Bugun, 16 fevral holatiga virusdan kasallanganlar soni 2093 nafarga ortib, 69 270 nafarga yetdi. Xitoyning materik qismi kasallanganlar soni bo‘yicha mutlaq yetakchilikni saqlab turibdi.

Virusdan davolanganlar soni 9639 nafarga yetdi. Koronavirus qurbonlari soni kechagiga nisbatan 142 kishiga ko‘payib, 1669 nafarga yetdi.

Yaponiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinda boryapti. "Kun chiqar" mamlakatda 414 kishida virus aniqlangan. Bularning orasida “Diamond Princess” kemasida aniqlangan bemorlar ham bor.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing