“Domodedovo”dan 300 muhojir haydab chiqarildi

Olam

image

Kecha, 31 mart kuni Moskva shahridagi “Domodedovo” aeroportidan uyiga qaytishni istagan 300 nafar mehnat muhojiri haydab chiqarildi. Ularning 200 nafari Tojikiston fuqarosi.

Jurnalist Galiya Ibragimovaning xabar berishicha, elchixona va aviakompaniya xodimlari migrantlarga javob bermagan.

O‘tgan kechada formali odamlar migrantlarga ularni olib ketishga samolyot kelishini aytib, bir joyga to‘planishini so‘ragan. Ammo ularning ortidan huquq tartibot organi xodimlari kelishgan. Muhojirlarni aeroportdan haydab, ularning qaytib kirishini taqiqlagan. Nima qilishini, qayerga borishini bilmagan odamlar ko‘chada qolgan.

Qayd etish kerakki, koronavirusning Rossiyaga kirib borishi va tarqala boshlashi ortidan u yerdagi mehnat muhojirlari ishsiz qola boshladi. Aksiga olib, chegaralar yopilib, aviaqatnovlar to‘xtatilishi sabab millionlab muhojirlar Rossiyada “qopqon”ga tushib qoldi. Ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham oz emas.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Domodedovo

Baholaganlar

697

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing