Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

Sport

image

Bugun, 24 fevral kuni O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov Meksikaning Tixuana shahrida o‘zining yettinchi jangida ringga ko‘tarildi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jangda Shahram G‘iyosov mezbon sportchi Edgar Puertoga qarshi ringga ko‘tarildi. Shahram bu jangida ham muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Beshinchi raundda uning ketma-ket zarbalaridan so‘ng raqib muvozanatni yo‘qotdi. Shu sabab, hakamlar bahsni to‘xtatishdi va Shahram jangni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal qildi.

Mazkur bahs orqali G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangida yettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. U janglarining 6 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Meksikalik Edgar Puertoning o‘tkazgan janglari soni esa 38 taga yetdi. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 12 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (6 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov boks

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing