Hindiston va Pokiston mojarosi MAK parvozlariga ta’sir o‘tkazdi

Olam

image

2019 yil 1 martdagi Lahor-Toshkent qatnovi bekor qildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aviakompaniyaning ta’kidlashicha, bunga Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yo‘llari yopilganligi sabab bo‘lgan.

“Yo‘lovchilarga qo‘shimcha to‘lov va ovoragarchiliklarsiz aviabiletlarni qaytarish va qayta bron qilish imkoniyati taqdim etiladi. Uzbekistan Airways kutilmagan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston Harbiy havo kuchlari Hindiston HHKga qarashli ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi. Bunga samolyotlarning Pokiston hududiga o‘tgani sabab qilib ko‘rsatildi.

Ta’kidlash joizki, Hindiston va Pokiston munosabatlari joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan voqea ortidan yomonlashdi. Shtatda Politsiyaning markaziy zahira kuchlari (Hindiston kuch tuzilmalarining yirik harbiylashtirilgan bo‘linmasi)  avtokolonnasiga hujum uyushtirilgan.

Terrorchi-hudkush bomba to‘ldirilgan avtomobilda harbiylarni olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan. Hujum uchun javobgarlikni “Jaish-ye-Muhammad” guruhi o‘ziga olgan.

Hindiston Pokiston hukumati “Jaish-ye-Muhammad” guruhining yetakchilarini himoyasiga olganini iddao qilyapti. Narendra Modi mamlakat dushmanlariga qarshi kurashishga ham tayyorligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Hindiston va Pokiston o‘rtasida 1947 yildan beri Kashmirning bahsli hududi sababli urush xavfi saqlanib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing