O‘zbekistonning yana bir fuqarosi xorijda vafot etdi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonning yana bir fuqarosi AQSHda vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 5 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarosi U.N. Chikago shahridagi o‘z xonadonida vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda o‘lim sababini aniqlashtirish bo‘yicha sud-tibbiy jarayonlar olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya izhor etgan va AQSHning 35 shtati (Alyaska, Arizona, Kaliforniya, Konnektikut, Havayi, Aydaho, Illinoys, Indiana, Ayova, Kanzas, Myen, Massachusetts, Michigan, Minnesota, Missuri, Montana, Nebraska, Nevada, Nyu-Hempshir, Nyu-Jersi, Nyu-Myexiko, Nyu-York, Shimoliy Dakota, Ohayo, Oregon, Pennsilvaniya, Puyerto Riko, Rod Aylend, Janubiy Dakota, Yuta, Vermont, Virgin Orollari, Vashington, Viskonsin, Vayoming), shuningdek, Myeksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda +1-212-754-7403 telefon raqamlari orqali mamlakatning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing