Bosh vazirning ijtimoiy tarmoqdagi mish-mishga aloqasi yo‘q! – Vazirlar Mahkamasi

Jamiyat

image

Bugun, 18 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda IIB mahallalardan hududdagi maktablar, masjidlar, dindorlar, Islom dinidan boshqa dinga e’tiqol qiluvchilarning ro‘yxatini taqdim etishi kerakligi suratloi xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu xabarlarga nisbatan rasmiy raddiya berdi. Unda shunday deyiladi:

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Internetdagi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda mahallalardagi masjidlar soni, diniy libosda yuradigan, soqol qo‘ygan, missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda turli maqsadlarda chet elga ketgan fuqarolar sonini aniqlash bo‘yicha savodsizlarcha yozilgan xabar joylashtirilib, yig‘ilgan ma’lumotni ichki ishlar idoralari va mahalla jamg‘armasiga taqdim etish ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xabarda go‘yoki ushbu ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan berilganligi aytilgan.

Shuni ma’lum qilamizki, bunday ko‘rsatma va topshiriq O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ham, Hukumat tomonidan ham berilmagan. Ta’kidlash kerakki, Hukumat rahbarining barcha ko‘rsatma va topshiriqlari maxsus blankda chop etilib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
 
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushbu uydirma va yolg‘on xabarni kim va qanday maqsadlarda tarqatgani yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Mazkur xabar soxta va uydirma bo‘lib hech qanday asos hamda mantiqqa ega emas. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday mazmundagi soxta va yolg‘on xabarlarga e’tibor bermasliklari va ogoh bo‘lishlari so‘raladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing