Senatda 4 qonun va 2 kodeksga daxl qiluvchi qonun ma’qullandi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati a’zolari “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qounni ko‘rib chiqdi.

Ta’kidlanganidek, Qonun mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga va islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Markaziy banki, Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, shuningdek Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 4 ta qonuniga, 2 ta kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222–II-sonli Qarorining 1-ilovasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek kiritilayotgan qo‘shimchalarda Hisob palatasi byudjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Hisob palatasi vakolatlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish va uni ma’muriy sudga yuborish nazarda tutilmoqda.

“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari siyosiy partiyalarga a’zoligini cheklashni nazarda tutadigan qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilmoqda.

Ko‘rsatiladigan mikromoliyalash xizmatlarini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining mikromoliyalash xizmtalariga bo‘lgan oshib borayotgan ehtiyojini qondirish, shuningdek to‘lash qobiliyatini yaxshilash va ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish maqsadida “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muayyan summadan oshmaydigan miqdorda mikromoliyalash xizmatlari summasini belgilashni, jumladan qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million so‘mdan oshmaydigan summada mikrokredit berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan Hisob palatasi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Byudjet kodeksiga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni norma bilan to‘ldirilmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etish, uning ko‘rib chiqishi uchun masalalar kiritish va ko‘rilayotgan masala yuzasidan fikr bildirish bo‘yicha Hisob palatasi raisining vakolatlarini amalga oshirish belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Suratlar muallifi: Bahodir Ahmedov


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made