Toshqulov vazir bo‘ldi, Davletov Prezidentga maslahatchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Ma’lumki, 2017 yildan buyon Adliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ruslanbek Davletov kecha, 15 noyabr kuni Prezident farmoniga ko‘ra Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. 

Yangi vazir Akbar Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni sohibi.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda, jumladan 2017 yil aprel oyidan 2021 yilning dekabrigacha Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ruslanbek Davletov Akbar Toshqulov

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made