DXRda Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi

Olam

image

Donetskda o‘zini mustaqil deb, e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) bayrog‘i emas, Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi.

Rossiya Federatsiyasi bayrog‘i shahar markaziy maydonida joylashgan Xalq kengashi binosiga, Krups nomidagi kutubxona gumbaziga o‘rnatilgan.

Xalq kengashi va kutubxona binosiga Rossiya bayrog‘i o‘rnatilishi bo‘yicha rasmiy izoh hozirgacha berilmagan.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu tariqa Donetsk xalq respublikasida 22 avgust – Rossiya davlat bayrog‘i kuni nishonlangan.

Ukrainada davlat bayrog‘i bayrami Mustaqillik kunidan bir kun avval, 23 avgust kuni nishonlanadi.

Avvalroq, Qrim yarimorolining Sudak shahrida bir guruh ukrain vatanparvarlari Ukraina davlat bayrog‘ini o‘rnatgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Donetsk bayroq

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made