Prezident Xudoyberdi To‘xtaboyev, Sevara Nazarxon, Munojat Yo‘lchiyevani mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘oyani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati, samarali xizmatlari, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”

Tursunnazarov Yigitali - Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti professori, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”

Turdiyeva Kavsar Sheraliyevna - Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti o‘zbek, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Alimova Xalida Raufovna - Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Ismailov Zunnur Tursunovich - M.M.Fedorovich nomidagi klinik sanatoriyasi rahbari, Toshkent shahri

Kim Vitaliy Yakovlevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali 1-jonlantirish bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Ziyoyev Ural Abulqosimovich - Oqdaryo tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiyi, Samarqand viloyati

Mirzayev Abdirashid - Chiroqchi tumanidagi “Abdirashid polvon Mirzayev” kurash klubi treneri, Qashqadaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Radzivil Svetlana Mixaylovna - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini ta’minlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Yormatov Shermat - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Bulbulcha” bolalar xor va raqs jamoasi badiiy rahbari

Ismailov Xashimjon - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari

Karimova Surayo Ubaydullayevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Rafikov Abzal Azimovich - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktyori

Siyayev Sagdulla - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Tuxtabayev Xudayberdi - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Yusupova Nortoji Chonayevna - Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori, Namangan viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Adilov Yusufjon Bakiyevich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta

Alimov Shavkat Arifdjanovich - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi

Anarbayev Abdulxamidjon - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutining Toshkent bo‘limi boshlig‘i

Babadjanova Guldjaxan Sattarovna - Toshkent tibbiyot akademiyasi akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri

Badalbayev Salimdjan Sabirdjanovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot

Baytayev G‘iyos Axmadkulovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli oliy toifali xonandasi

Begmatov Saibjon Maxmudovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori, maqomshunos

Buriyev Amanulla - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i

Dustmuradov Beknazar - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti milliy qo‘shiqchilik kafedrasi mudiri, dotsent

Jalilova Klara Alimadatovna - Mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Zakirov Baxtiyor Sabirjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori

Ibragimbekova Gulchexra - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Ibragimov Abdinabi Begimqulovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Iosis Igor Zinovevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ovoz rejissyori

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik kafedrasi professori

Kalanov Asliddin Djurayevich - Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi dotsenti

Madraximova Gulmira Ulmasjanovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Matyakubova Gavxar - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi sahnalashtiruvchi baletmeysteri

Nazarxanova Sevara Anvarjanovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Nishanov Xatam - Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori

Poyanov Abdinazar - Qiziriq tumanidagi “Qo‘ng‘irot” folklor-etnografik xalq dastasi badiiy rahbari, baxshi, Surxondaryo viloyati

Pulatova Naima Qudratovna - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri oliy toifali solist-vokalisti

Suyunova Zamira Rajabovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy xonandalik kafedrasi dotsenti

Tojibayev Komil Sharobitdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori

To‘ychiyev Islomali Rayimovich - Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining 17-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Andijon viloyati

To‘ychiyev Yalkin Erkinboyevich - “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi rejissyori

Umirzakov Baltoxodja Yermatovich - Toshkent davlat texnika universiteti umumiy fizika kafedrasi professori

Fayzullayev Xikmatulla Rashidovich - Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining rassomlik bo‘limi o‘qituvchisi

Xakimov Sadulla - O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi

Xidirov Irsali - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi

Shamsutdinov Rustambek Temirovich - Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, Andijon viloyati

Yusupov Ibroximjon Yunusovich - Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori

Yusupov Shukurulla - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Ismailova Toxira Abdusamadovna - Yangiyo‘l tumanidagi “Kichkintoy” bolalar uyi bosh shifokori, Toshkent viloyati

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Axmedova Maryam Xalilayevna - Amudaryo tumani hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bozorov Naim Nazarovich - Peshku tumani tibbiyot birlashmasining “Boqimirishkor” qishloq vrachlik punkti mudiri, Buxoro viloyati

Ibragimova Zuxra Ametovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

Mirsoliyeva Mukaddas Kamolovna - Bo‘ka tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

Nishanbekova Shaxida Mashrabbekovna - Dang‘ara tumanidagi “Abu Bakr ar-Roziy med servis” xususiy klinikasi bosh shifokori, Farg‘ona viloyati

Turayev Baxtiyor - Qashqadaryo viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi mikroxirurgiya bo‘limi shifokori

Usmanov Agzamjon Nayabjanovich - Olmazor tumanidagi “New Life Medical” xususiy klinikasi yadro tibbiyot markazi rahbari, Toshkent shahri

Chuprova Valentina Aleksandrovna - Respublika qon quyish markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri

Abdullayeva Guldjan Djumashovna - Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Abdullayeva Kamola Jaxangirovna - V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining torli cholg‘ular bo‘limi violonchel sinfi o‘qituvchisi

Abdullayeva Muxabbat Xodjialimovna - O‘zbekiston davlat drama teatri oliy toifali aktyori

Ablaqulov O‘ktam O‘lmasovich - “Polaris Technologies” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent shahri

Akbarova Gulnora Ilyasovna - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining badiiy ekspertiza boshqarmasi bosh san’atshunos-eksperti

Allayev Kaxraman Raximovich - Toshkent davlat texnika universiteti elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi professori

Alniyazov Aytmurat Ismailovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Bayjanov Allabergan Kadirovich - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bosh shifokori

Begimov Murat Polatovich - Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori

Bekmuradov Mansur Bobomuradovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri

Bolobolov Vladimir Vladimirovich - Farg‘ona viloyati 3-sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanseri davolash bo‘limi mudiri

Buzina Olga Nikolayevna - Samarqand viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi direktori o‘rinbosari

Burmich Olga Aleksandrovna - Farg‘ona viloyati rus drama teatri oliy toifali aktyori

Vasileva Irina Anatolevna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi qilichbozlik bo‘limi murabbiyi

Vaxabova Firuza Narimanovna - Yakkasaroy tumanidagi “Lider bolalar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Toshkent shahri

Golender Boris Anatolevich - Toshkent shahridagi Sergey Yesenin muzeyi ilmiy xodimi

Yeshanova Tamara Koshanovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi hamshirasi

Jamoldinov Akmaljon Zaylobiddinovich - Toshkent shahar “Turkiston” saroyi bosh rassomi

Kabinov Istam Ashurovich - Kogon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks sport turi treneri, Buxoro viloyati

Kadirova Barno Azimovna - “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi aktyori

Kaxarov Erkin Olimovich - Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bo‘g‘inidagi xoreografiya kolleji o‘qituvchisi

Kurbanova Dilaram Sultanovna - Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasining “Oqoltin” qishloq vrachlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati

Madiyev Jumanazar Haydarovich - Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasining “Xo‘jaipok” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati

Molokova Lyudmila Ivanovna - Toshkent shahridagi “Vega Med Xaus” xususiy klinikasi gastroenterolog shifokori

Muxamedova Uguloy Nizomovna - Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining xoreografiya kafedrasi o‘qituvchisi

Nagashibayeva Kamash Nagashibayevna - Tomdi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Navoiy viloyati

Narizova Iba Kushjanovna - Konimex tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Normatov Ilxom Nurmatovich - Jizzax viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori

Oteniyazov Jumaniyaz Paluanovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Pirnazarova Aygul - Nukus shahridagi I.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Raximdjanova Ilmira Riskaliyevna - “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi aktyori

Raximov Kaxxor Abdiyevich - Dehqonobod tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Qashqadaryo viloyati

Rejametova Fotima Tuganbayevna - O‘zbekiston davlat yoshlar teatri aktyori

Sabirov Ag‘abay Karimovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari

Sabirova Umida Pulatovna - Urganch shahridagi “Nihol” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Xorazm viloyati

Tuxtayev Murod Bakidjanovich - Toshkent shahar xo‘jalik hisobidagi eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi shifokor otolaringologi

Fozilov Jo‘ra Vahobovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Buxoro viloyati

Xalmurzayev Tashmurza - sharqshunos olim, Toshkent shahri

Xalmurzayeva Atirgul Isakovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i mutaxassisi

Xojabergenov Daribay Aytbayevich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri vokal artisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xudoyarov Solijon Azimovich - Farg‘ona viloyati sport yakkakurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi taekvondo bo‘limi o‘qituvchisi

Hikmatova Xolida Nusratovna - Buxoro shahridagi 9-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori, Buxoro viloyati

Shamsutdinov Rustam Dinamovich - ommaviy bayram tadbirlari rejissyori, Toshkent shahri

Sharapova Gulbaxor Isomovna - “G‘ijduvon diagnostika maskani” xususiy klinikasi direktori, Buxoro viloyati

Shubin Vyacheslav Yegorovich - suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘limi treneri, Toshkent shahri

Eshonkulov Joppor Saliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi direktori

Yuldashev Alisher Xaitovich - Xorazm viloyati musiqali drama teatri sahnalashtiruvchi rejissyori

Yusupova Ogulnabat - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri orkestri artisti

Mamlakatimizda ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Dilnoz Kengeshbayevna - Qo‘ng‘irot tumanidagi “Wunderkind in Kungrad” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Alimaxsumov Kamoliddin Moxirovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli birinchi toifali xonandasi

Babayeva Oyniso Ambiyayevna - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri birinchi toifali vokal artisti

Bazarbayev Polat Joldasbayevich - Nukus shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabining karate sport turi bo‘yicha o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Baymatov Sirojiddin Giyasovich - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, ganch o‘ymakori

Bokiyev Jamolxon Turgunpulatovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Namangan viloyati bo‘limi rahbari

Djabbarova Guliston Muzaparovna - Samarqand viloyati musiqali drama teatri oliy toifali vokal artisti

Djurayev Baxtiyar Mamadaminovich - Surxondaryo viloyati silga qarshi kurashish dispanseri bosh shifokori

Yesemuratov Baxtiyar Sagidullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi direktori, jirov

Zakirov Shuxrat Rixsivayevich - O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, bastakor

Zaripov Bunyodbek Davronbek o‘g‘li - Toshkent Turin politexnika universitetining dasturiy ta’minot yo‘nalishi talabasi

Ibragimov Umid Sayfullayevich - Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori

Ismailova Saida Xusanovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri oliy toifali artisti

Kenjayev Bobir Qandiyorovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli oliy toifali xonandasi

Qurbonov Abdukarim Qayumovich - Surxondaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasining Sherobod tumani filiali mudiri

Lutfullayeva Muborak Baxrullayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Yosh iste’dodlar” kamer orkestri badiiy rahbari

Maksudov Farxod Alijonovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti direktori

Mengliyev Abdijalol Toshtemirovich - Termiz shahridagi “O‘tan polvon” xususiy diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati

Murodov Sharofiddin Tojiddinovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbek milliy mumtoz ashula ansambli xonandasi

Muxamedova Aziza Nurmaxmatovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Mamatova Shirin Mamadjanovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Muxitdinova Nasiba Axmadqulovna - Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Hamid Olimjon va Zulfiya filiali katta ilmiy xodimi

Norkuziyev Murod Madaminovich - R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi

Orinbayeva Ulbosin Adilbayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

Raxmanova Xojibibi Raimberganovna - Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining “Al-Xorazmiy” qishloq vrachlik punkti mudiri, Xorazm viloyati

Raxmonov Sherali Mamajonovich - Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi maqom ansambli xonandasi

Rizayeva Gulnora Shonazarovna - Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyori, Samarqand viloyati

Rustamov Batir Nazarovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘limi sahnalashtiruvchi baletmeysteri

Ro‘zmatov Olimjon Alijonovich - Shahrisabz shahridagi “Oila va nikoh diagnostika markazi” xususiy klinikasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati

Saidov Akmal Baxtiyorovich - “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi oliy toifali postanovkachi rassomi

Saidov Bunyod Yusupovich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Xorazm viloyati bo‘limi xonandasi

Salimov Saibdjan Norovich - O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, ganchkor-naqqosh

Samarov Xonkul Qahhorovich - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi mudiri

Sultonov Dilmurod O‘ktamboyevich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Xorazm viloyati bo‘limi xonandasi

Tobias Sergey Vladimirovich - Yunusobod tumanidagi “Lor plyus servis” xususiy klinikasi otolaringolog shifokori, Toshkent shahri

Tojibayeva Mukaddas Xoldarovna - Pop tumanidagi “Muruvvat” nogironlar internat uyi hamshirasi, Namangan viloyati

Turayev Akmal Botirovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri bosh dirijyori

Turdiyeva Roxat Yuldashevna - Mirobod tumanidagi 2-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori, Toshkent shahri

To‘xtamurodov Behzod Toir o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universiteti mexanika fakulteti texnologik mashina va jihozlar kafedrasi magistranti

Ubaydullayev Furkat Xamidullayevich - R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi kamonli-torli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchisi

Fozilov Xurshid G‘ayratovich - Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori, Qashqadaryo viloyati

Furman Mixail Evaldovich - Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Toshkent viloyati

Shodmankulov Uktam Mamatkulovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, hunarmand, Sirdaryo viloyati

Shodmanov Umid Xamidullayevich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori

Shamurotova Mohichehra Abdinabiyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy xonandalik kafedrasi o‘qituvchisi

Erkinov Muzaffarxon Erkin o‘g‘li - “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi kinorejissyori, Toshkent shahri

Eshboyev Maxammad Temiraliyevich - Termiz shahridagi 22-bolalar musiqa, san’at va baxshichilik maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

Yunusova Nigoraxon Yusupjonovna - Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyotini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Yusupov Abdulaziz Yaqubjonovich - Andijon tumani madaniyat markazining badiiy rahbari, Andijon viloyati


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing