Mirziyoyev 65 kishini afv etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan 65 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qilish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. 

Farmonga binoan, 17 nafar shaxsning jazosi to‘liq bekor qilindi, 13 nafari jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod etildi, 20 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘iga almashtirildi, 14 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo muddati qisqartirildi, 1 nafar shaxs esa ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasidan ozod etildi.

Afv etilganlarning 39 nafari taqiqlangan tashkilotlardagi faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan edi.

Afv etilganlarning 1 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar, 4 nafari ayollar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing