Tokio Olimpiadasi mash’alasining taqdimoti o‘tkazildi

Sport

image

Kecha, 20 mart kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 2020 yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari mash’alasining taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mash’ala alyuminiy metalidan tayyorlargan bo‘lib, 1,2 kilogramm og‘irlikka ega.

Mash’alaning tepa qismi Yaponiya ramzlaridan biri hisoblanmish sakura gulini eslatib yuboradi. Olov uning har bir bargidan chiqadi va oxirida yaxlitlik hosil qiladi.

Mash’alaning ahamiyatli jihati shundaki, uning tarkibidagi alyuminiy 2011 yil mart oyida mamlakat shimoliy-g‘arbida ro‘y bergan sunami va zilzila natijasida aholiga vaqtinchalik xizmat qilgan boshpanalardan olingan. Shu tariqa mash’ala dizaynerlari roppa-rosa 8 yil avval ro‘y bergan tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing